
Habib Getjiga qarshi jang oldidan muammolarga uchramoqda
UFC engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov "UFC 254" doirasida Jastin Getjiga qarshi kechadigan jang oldidan muammoga uchradi.
"Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, men amirliklarga uchib ketdim, ikki kundan buyon shu erdaman, ammo hali mashg‘ulotlarga kirishmadim. Tishim og‘riyapti, yuzim shishib ketgan, ertaga ham mashq qilolmayman.
9 sentyabr kuni otamning xotirasiga bag‘ishlangan turnirni ko‘rgan bo‘lsangiz, men niqobda edim va bu ham tishim og‘rigani bilan bog‘liq.
O‘ylashimcha, ertadan keyin mashg‘ulotlarni boshlayman. Hozirda barchasi yaxshi ketmoqda. Faol tayyorgarlik iyul oyida boshlangan", - dedi Nurmagomedov.
Nurmagomedov va Getji qarama-qarshiligi 24 oktyabr kuni "UFC 254" doirasida "Janglar orolida" bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar