
Habib Nurmagomedov Dembeleni tabrikladi
UFC afsonasi Habib Nurmagomedov Frantsiya milliy terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembeleni "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan tabrikladi.
"Tabriklayman. Eng zo‘ri" - deya yozib qoldirdi sobiq UFC chempioni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya milliy terma jamoasining 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni PSJning yana bir vakili - portugaliyalik yarim himoyachi Vitinya yakunladi.
Fikrlar