
Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaydimi? Uning menejeri javob berdi
UFCning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul Aziz mijozi hali faoliyatini yakunlamoqchi emasligini aytdi. Bunday xabarlar sportchining otasi Abdulmanap Nurmagomedov vafotidan so‘ng paydo bo‘lgandi. Shuningdek, menejer amerikalik Jastin Getji bilan jang aniq bo‘lishi haqida ham aytib o‘tdi.
“Habib faoliyatini yakunlamoqchi emas! Uning yana o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bor. Getji bilan bo‘lajak to‘qnashuvga kelsak, jang sanasi borasida tashkilotchilar bilan bahs yuritmoqdamiz. Aniqlik kiritsak, ma’lum qilamiz. Engil vazn toifasining ikki eng kuchli vakili to‘qnash keladi. Biz Habibning raqiblari qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Getji Fergyusonni nima ahvolga solganini ko‘rdik. U Tonini havaskor jangchiga o‘xshatib qo‘ydi. Rossiyada Habibning faoliyatini yakunlashi borasidagi xabarlar paydo bo‘lmoqdami? Bu mamlakatda ko‘plab soxta narsalar bor. Donald Tramp aytganidek, soxta yangiliklar”, - dedi Abdul Aziz TMZga bergan intervyusida.
Fikrlar