
Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga o‘ziga xos javob qaytardi
UFC chempioni Habib Nurmagomedov hamda uning navbatdagi raqibi Jastin Getji jangdan oldin yana qiziqarli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Meni oldimda hudud bo‘ladi. Lekin unchalik katta emas. Bu o‘lim hududi bo‘ladi. Habib bu hududga kirganda, har safar unga dahshatli xavf tug‘dirishim kerak. Menda buni amalga oshirish uchun imkoniyat etarli”, - deya Getjini so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPNning Instagram sahifasi.
Unga javoban: “Klass, menga uning so‘zlari va ishonchi yoqyapti. Bu to‘qnashuv yilning eng yaxshi jangi bo‘lishi kutilmoqda. Butun dunyoga hali ko‘rsatadiganlarim bor”, - dedi Nurmagomedov ESPNga.
Fikrlar