
Habib Nurmagomedov nega qoshidan jarohat olmaydi? Shifokor javob berdi
Sport shifokori, reper Miyagining otasi Kazbek Kuzdaev, nima uchun engil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning qoshi yorilmaydi? - degan savolga shunday javob berdi.
"Habib - genetik yaralish jihatdan mukammal jangchi. Bu biriktiruvchi to‘qimalarning sifatiga bog‘liq. Bu tug‘ma sifat. Men MMA turnirlarini tomosha qilib turaman. Lekin bu janglarga u qadar qiziqishim yuqori emas. Bu gladiatorlar janggi... Shuningdek, kimlarningdir moddiy manfaatini qondirishdir.
Albatta, Habibga muxlislik qilaman. Uning katta buvisi osetin millatiga mansub. Bu unda sezilib turadi. Buni kamdan kam insonlar biladi.
Konor Makgregor - ajoyib jangchi. Agar ularni solishtiradigan bo‘lsak, Habibning mushaklari katta, Konor bo‘lsa, ruhan baquvvat, katta tajriba egasi" - deya Kudzaevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Yandeks.Dzen" kanali.
Ma’lumot uchun, sentyabr oyida Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.
Fikrlar