Habib Nurmagomedov nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini ma’lum qildi

  • 23 noyabr, 2020, 23:24
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oktyabr oyida Abu-Dabida "UFC 254" musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjini taslim etganidan so‘ng, faoliyatini yakunlanaginini e’lon qilgandi.

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida dog‘istonlik sportchi buyog‘iga nima bilan shug‘ullanishiga e’tibor qaratdi.

- Oktagondagi faoliyatini tugatgan Habib Nurmagomedov yaqin vaqt ichida nima ish bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini ma’lum qildi. UFC yulduzi mobil aloqa bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga asos solmoqda. "Eagle Mobile" deb nomlangan aloqa operatori boshlanishiga Moskva va uning atrofiga xizmat ko‘rsatadi. Keyinchalik esa, kengroq hududlarni qamrab oladi. UFCga qaytish yoki qaytmasligi borasida Habib ma’lumot bergani yo‘q. Hozircha, asosiy e’tiborni biznesga qaratmoqda, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!