Habib Nurmagomedov nima uchun 5 milliard dollarlik taklifni ham rad etadi?

  • 13 oktabr, 2020, 12:03
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun Konor MakGregor bilan "The Ultimate Fighter" shousida ishtirok etishni istamaganligini tushuntirdi.

“The Ultimate Fighter" Konorga katta e’tibor qaratmoqda. Men bunday qilmayman. Hech qachon. UFC menga besh milliard dollar taklif qilgan taqdirda ham... U bilan bog‘liq barchasini 6 oktyabrda tugatganman (UFC 229 nazarda tutilmoqda). Endi menda Jastin Getji bilan bog‘liq yangi chorlov bor. Keyingisi kim bo‘lishini ko‘ramiz, ammo bu Konor bo‘lmaydi, deb o‘ylayman", - dedi Habib ESPN muxbiri Bret Okamoto bilan suhbatda.

Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt ehtimoliy revansh jangi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jangchilarga "The Ultimate Fighter" shousida qatnashishni taklif qilgandi. Nurmagomedov bu g‘oyani rad etdi. Keyinchalik, Uayt irlandiyalik ushbu g‘oyani buzganlikda aybdor ekanligini aytgandi.

Habib va ​​Konor 2018 yil oktyabr oyida “UFC 229” turnirida o‘zaro to‘qnash kelgan va rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda g‘alabaga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!