Habib Nurmagomedov o‘zbek brendi BUKA borasida qanday fikr bildirdi?
Ayni daqiqalarda Moskva shahrida UFCning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu rossiyalik chempion bilan o‘zbek brendi "BUKA" ham hamkorlik qiladi. Ushbu anjuman davomida ham shunga doir savol berildi. Ya’ni, sizni va yaqinlaringizni ushbu brend lagerida tez-tez ko‘rishmoqda, degan savolga Habib quyidagi tarzda javob qaytardi.
" BUKA Rossiyadagi juda ko‘p MMA jangchilarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Nafaqat Rossiya, balki O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston vakillariga ham moliyaviy tomondan yaxshi shartnomalar taklif qilmoqda. O‘ziga xos "PR"larni amalga oshirishyapti. Ular bilan ishlash yoqimli. O‘z ishining ustalari, professionallar faoliyat yuritmoqda. "BUKA" bilan hamkorlik qilayotgan barcha yaqinlarimning ulardan ko‘ngli to‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda yaxshi ishlashmoqda",-dedi Nurmagomedov.



Fikrlar