Habib Nurmagomedov Topuriyaga munosib raqib topdi

  • 2 mart, 2024, 14:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazn(70,3 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov(29-0) promoushenning yangi yarim engil vazn(65,8 kg) toifasi chempioni Iliya Topuriya(15-0) uchun eng yaxshi raqib kimligini aytdi.

Habibning fikricha, Iliya mag‘lubiyatsiz kelayotgan Movsar Evloev(18-0)ga qarshi jang qilishi kerak. Shuningdek, Habib UFC bosh direktori Dana Uayt Movsarga chempionlik jangini beradimi yoki yo‘qmi, degan savolni ham o‘rtaga tashladi.

"Movsar Evloev - Iliya Topuriya uchun eng yaxshi raqib. Lekin Dana Uayt Movsarga chempionlik jangini beradimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Mening fikrimcha, Evloev bunday imkoniyatga loyiq", - dedi Habib MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
02/03/2024 16:23
Movsar yutsa kerak