
Habib Nurmagomedov va Jastin Getjining qaerda jang qilishi ma’lum bo‘ldi
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini Abu-Dabida o‘tkazadi.
"Barcha eng katta va shiddatli janglar shu erda bo‘lib o‘tadi. Abu-Dabi dunyoning yangi janglar poytaxti sifatida qaraladi. Avval u Las-Vegasda edi. Biroq, hozir unday emas”, - dedi Dana Uayt “The National Post” nashriga
Nurmagomedovning raqibi 9 may kuni Toni Fergyusonni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan va vaqtincha UFC engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan amerikalik Jastin Getji bo‘lishi kutilmoqda.
31 yoshli Habib Nurmagomedov MMAda 28 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (8 ta nokaut).
Fikrlar