Habib Nurmagomedov Zubayra Tuxugovga yuqori baho berdi

  • 06.08.2020 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC chempioni Habib Nurmagomedov hamyurti va yaqin do‘sti Zubayra Tuxugov sparringlarga juda jiddiy yondashishini ta’kidladi.

Habib Zubayraning Instagramdagi sahifasiga joylagan rasmining ostiga "U bilan sparring - bu urush", deya izoh qoldirgan.

Ma’lumki, Tuxugov navbatdagi jangida kanadalik Hakim Davoduga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu qarama-qarshilik 19 sentyabr kuni “UFC 253” turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. 29 yoshli rossiyalik jangchi faoliyati mobaynida 24 ta jang o‘tkazgan va ularning 19 tasida g‘alaba (7 ta nokaut), to‘rtta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan.

zuba

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!