
Hakamlarimiz OChL va OFK Kubogi o‘yinlarida ishlashadi
O‘zbekistonlik referilar Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi uchrashuvlarida ish olib borishadi.
Jumladan, OChL "G" guruhidan o‘rin olgan Xitoyning "Guanjou" va Taylandning "Buriram" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam Sherzod Qosimov.
Shuningdek, OFK Kubogi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "TC Sports" - "Bengaluru FC" uchrashuvini yana bir hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshqaradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullinlar yordam berishadi.
Fikrlar