Hakim Fuzaylov: "Jamoamiz chempionatga deyarli tayyor"

  • 26 iyul, 2022, 15:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda shug‘ullanayotgan “Buxoro” klubi kecha “Bunyodkor” akademiyasi maydonida “Neftchi”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazib 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng Hakim Qayumovichni suhbatga tortdik.

Tecno

- Hakim Qayumovich, “Neftchi” bilan uchrashuvda “Buxoro” yaxshi taassurot qoldirdi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Hozir tayyorgarligimiz avjida ketyapti. Reja bo‘yicha shug‘ullanyapmiz. Superligaga chiqish uchun hali umidimizni uzmadik. Ko‘rib turganingizdek, tarkibda o‘zgarishlar bor. Hozir aytganimdek, tayyorgarligimizni yaxshi darajada olib boryapmiz. Asosiy vazifamiz chempionatga qadar optimal holatda etib kelish. Chunki ikki hafta vaqtimiz qoldi. Shu vaqt davomida biz yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Yigitlar mashg‘ulotlarda bor kuchini berib harakat qilyapti. Hozirda kollektiv juda yaxshi.

- Tarkibda yangi futbolchilarni ko‘ryapmiz. Ayniqsa, Humoyunmirzo Iminov ajralib turibdi. Umuman aytganda, taklif qilingan futbolchilar klubda qolishdimi?

- Bugun maydonga tushgan yangi o‘yinchilarimiz bilan shartnomalar tuzganmiz. Qolganlari hozircha ko‘rikda bo‘lib turibdi. Yana oxirigacha tekshiramiz. Qoladi yoki qolmaydi, deb ayta olayman. O‘ylab ko‘rib, bir xulosaga kelamiz. Yangi futbolchilar bilan 60-65 foizga shartnoma imzolaganmiz.

- “Buxoro”ning o‘yinida jiddiy burilish bor. Sizningcha, mavsumning qolgan qismida jamoa o‘yini necha foizga o‘zgaradi?

- Superligaga chiqishimiz uchun hujum chizig‘ida o‘zgarishlar qilishimiz kerak. Ayniqsa, hujumkor futbol ko‘rsatishimiz lozim. Himoyada esa shubhasiz mustahkam turishimiz shart. Keyingina vazifani bajarishimiz mumkin. Hozir shuning ustida ish olib boryapmiz. Bugungi o‘yindan ham shuni bilish mumkinki, jamoamiz chempionatga deyarli tayyor.

- Asosiy raqobatchilar – “Turon”, “Andijon” va “Mash’al”ni ham kuzatib turibsizmi?

- To‘g‘ri, “Turon”, “Andijon” va “Mash’al” jamoalari bilan o‘rtamizda ochkolar bo‘yicha farqimiz bor. Lekin unutmaslik kerakki, asosiy o‘yinlar hali oldinda. Raqobatchilarimizga etib olib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga astoydil harakat qilamiz.

Fuzaylov "Buxoro"ning o‘yinini kuchaytirish uchun "Yangi Messi"ni topib oldi va legionerlardan voz kechdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
26/07/2022 22:55
Фузайлов бор экран бухоро чиколмайди