Hakim Fuzaylov: "Yaxshi o‘ynasak, natija ham kelaveradi"

  • 05.03.2023 21:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston chempionati 1-turi doirasida safarda "Turon" ustidan g‘alaba qozongan "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘z fikrlaini bildirib o‘tdi. 

"Avvalambor, chiroyli o‘yin uchun barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda borini berib harakat qildi. Qiyin uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdik. Mavsum avvalida nima ham deya olardik. Yaxshi o‘ynasak, natija ham kelaveradi.

Raqib bizga tanish va ularga qarshi o‘tgan mavsumda ham o‘ynagandik. Ular haqida etarlicha ma’lumotlarimiz bor. Ammo, mavsum avvalida ularning qanday holatda ekani haqida tasavvurimiz yo‘q edi.

Yangi futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsam: Stanisavievich yaqinda kelib qo‘shilgan bo‘lsa ham yaxshi futbolchi ekanligini ko‘rsatdi. Unga bizdan boshqa yana haridorlar bor edi. Yig‘inlarda biroz jarohat olgani bois, hali to‘liq o‘yin amaliyotiga ega emas", - dedi Fuzaylov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!