Hakimi "Borussiya" muxlislari va futbolchilari bilan xayrlashdi

  • 30 iyun, 2020, 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi ikki mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijarada o‘tkazgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimi jamoadoshlari va muxlislari bilan xayrlashdi.

Tecno

“Hayotimning ajoyib davri yakunlandi. Ikki yillik faoliyatimdan so‘ng menga juda ko‘p quvonch bag‘ishlagan jamoadan ketyapman. Avval boshidanoq shahar ahli va jamoadagilar menga mamnuniyat bilan qarshi olishdi.

Men jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga va klub xodimlariga doimiy ravishda menga bildirgan muhabbati va ishonchlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bundan tashqari, har qanday o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlagan ajoyib muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Men sariq devorni hech qachon unutmayman”, - deydi marokashlik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!