Hakimi jamoa tanladi
“Inter”dan ketishga hozirlik ko‘rayotgan Ashraf Hakimi faoliyatini qaysi klubda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi.
Marokashlik himoyachi PSJ rahbariyatining yangi loyihasi bilan tanishib, bu jamoa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun kurashishiga ishonch hosil qilgani bois, Frantsiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.
Ayni paytda parijliklar “Inter” bilan muzokara olib bormoqda. Ayrim manbalarda milanliklar Hakimi uchun 70 million evro so‘rayotgani aytilmoqda.
Marokashlik futbolchiga sobiq jamoasi “Real”, “Bavariya” va Chelsi”dan ham takliflar bor. U yakunlangan mavsumda A Seriyada 37 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi.



Fikrlar