Hakimini olib qolishmoqchi

  • 12 iyun, 2020, 17:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund klubi “Real”dan ijaraga olingan himoyachi Ashraf Hakimini tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, nemis klubi 21 yoshli marokashlik futbolchining ijarasini yana bir yilga uzaytirmoqchi. “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Hakimining qaytishiga ehtiyoj sezmayotgani bois dortmundliklarning bu boradagi rejasi amalga oshishi mumkin.

Aytish kerakki, “Borussiya” pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab Ashrafni sotib ololmaydi.

Hakimi so‘nggi 2 mavsumni “Borussiya” safida ijarada o‘tkazdi. U joriy mavsum Bundesligada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!