Hal qiluvchi onlar keldi! Bugun Nodirbek Abdusattorov "o‘zbeklar kushandasi" bilan bahs olib boradi

  • 29 noyabr, 2024, 10:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Tecno

Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.

Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.

Ushbu turnirda bugun 9-, hal qiluvchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

Quyida bugun bir-biriga qarshi dona suradigan shaxmatchilar bilan tanishing: 

1. Nodirbek Abdusattorov (2777) - Nihal Sarin (2676)
2. Parham Maghsoodloo (2712) - Saidakbar Saydaliev (2473)
3. Javokhir Sindarov (2682) - Neelash Saha (2458)
4. Shamsiddin Vokhidov (2681) - Ortik Nigmatov (2447)
5. Ayush Sharma (2464) - Nodirbek Yakubboev (2668)

Ta’kidlash kerak, bugun turnir peshqadami Nihal Sarin (Hindiston) vakilimiz Nodirbek Abdusattorov bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdagi natija yakunda turnir g‘olibini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Quyida so‘nggi tur oldidan turnir jadvalidagi holat bilan tanishing: 



Hozircha Nodirbek Abdusattorov hamda Nihal Sarin o‘zaro 4 marotaba kuch sinashgan. Ularning ikkitasida Nodirbek Abdusattorovning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana ikki bellashuvda durang natija qayd etilgan. Kecha Nihal O‘zbekistonning boshqa bir nomdor shaxmatchisi Javohir Sindarovni taslim etib, turnir peshqadamiga aylanib olgandi.



Bundan tashqari, Nihal Sarin joriy "Prezident kubogi" turniri doirasida 4 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchini taslim etdi: 

1-turda Bahrom Bahrillaev 
2-turda Almas Rahmatullaev 
7-turda Ortiq Nig‘matov 
8-turda Javohir Sindarov

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!