Hamidjon Aktamov: "Biz o‘yinni Namanganda o‘tkazish bo‘yicha "Navbahor"ga taklif bilan chiqqandik, ammo..."

  • 2 may, 2021, 22:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatning 7-turidagi “Qizilqum” – “Navbahor” o‘rtasidagi uchrashuv Navoiyda emas, balki Muborakda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu borada “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov sports.uz muxbiriga shunday dedi:

Tecno

- “Navbahor”ga qarshi tayyorgarligimiz yaxshi ketyapti. Markaziy stadionimizning chimini 10-15 foizga almashtirdik. Bu ishni bajarganimizga bir oy bo‘ldi. Yana 10 kunlarda zo‘r bo‘lib ketadi. Shuning uchun biroz vaqt kerak. Bitta o‘yinni deb maydonimizning holatini yomonlashtirib olmoqchi emasmiz. Shu boisdan, qiyin bo‘lsa ham, “Navbahor” bilan o‘tadigan uchrashuvimizni Muborakka ko‘chirishga majbur bo‘ldik, - dedi Aktamov. 

- Nima uchun Muborak?

- Bizda boshqa variant yo‘q edi. Navoiyga Muborak yaqin edi. “Buxoro” jamoasi esa hali o‘z maydonida o‘ynayotgani yo‘q.

- “Navbahor” bilan bellashuvni Namanganda o‘tkazib, ikkinchi davrada Navoiyda o‘yin o‘tkazilishi ham mumkin edimi?

- Ha, mumkin edi. Biz bu haqida “Navbahor”ga taklif bilan chiqqandik. Lekin ular nimagadir javob bermadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!