
Hamidjon Aktamov: Bu yil bizning oldimizga boshqacha talab qo‘yilgan
Hozirgina, O‘zbekiston Superligasining 2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi. Ushbu marosimdan so‘ng, "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Bu yil har galgidan ham boshqacharoq tayyorlandik. Bu mavsumdagi rejalarimiz ancha jiddiy. Uchinchi o‘quv-yig‘inni Toshkentda o‘tkazmoqdamiz. So‘nggi 2-3 yil ichida bunday bo‘lmagandi. Xorijda ham mashg‘ulotlar olib borib qaytdik.
O‘rtoqlik o‘yinlarida natija birinchi planda bo‘lmaydi. Jamoadagi muhit hozirda yaxshi holatda. 20-30 foiz futbolchilarni almashtirdik.
Bu yil bizning oldimizga boshqacha talab qo‘yilgan. Medallarga kurashish uchun bel bog‘laganmiz. Barchamiz ishlashda, harakat qilishda davom etamiz. Xudo xohlasa, barchasi xayrli bo‘ladi, - deb o‘ylayman".
Fikrlar