Hamidjon Aktamov: "Metallurg"dan boshqacha o‘yin kutgandim"

  • 2 avgust, 2021, 00:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi – 1:2. Ushbu uchrashuvdan keyin “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Har doim tannaffusdan keyin mana shunday og‘ir o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Bugun ikkala jamoa ham qiynaldi. Qo‘pol o‘yin guvohi bo‘ldik, shunday bo‘lsa-da, g‘alaba qozondik. Ushbu g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. “Metallurg” jamoasining keyingi uchrashuvlarida omad tilab qolaman.

- “Metallurg” jamoasidan qanday o‘yin kutgandingiz?

- Avvalgi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandan keyin “Metallurg” jamoasidan boshqacha o‘yin kutgandim. Uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va vaziyatlar yarata oldi.

- Boshlang‘ich tarkibda mezbonlar o‘yinni hujumchisiz boshlagani sizni ajablantirmadimi?

- Ajablanganim yuq, sababi biz ham bunday ko‘rinishda ko‘p o‘ynaganmiz.

- Oybek Qilichevni jamoada olib qolishning iloji bormidi?

- Uning ham o‘z xohishi bor. Maydonda o‘zining xohishi bilan harakat qiladi. Demak, bizdan ham yaxshiroq taklif bo‘ldi va u jamoadan ketdi.

- Keyingi turdagi raqibingiz - “Andijon” jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Yaxshi jamoa shakllangan. Lekin u erga ham g‘alaba uchun boramiz.

"Qizilqum" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!