
Hamidjon Aktamov: "Qiyin o‘yinni o‘tkazdik, durang adolatli natija"
Bugun “Qizilqum” jamoasi Superliganing 14-turida Namanganda “Andijon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu to‘qnashuvda jamoalarning kuchlari teng keldi – 1:1.
“Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv to‘g‘risida shunday dedi:
- Bugun qiyin o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Jamoamizda ayrim yo‘qotishlar borligi pand berdi. Agar Erkin Boydullaev va Muhsin Ubaydullaev tarkibda bo‘lganida ulardan foydalanardik, yordami tegardi.
“Andijon” baribir bugun bizga qarshi qattiq harakat qilishini bilgandik. Ikkinchi bo‘limda hujumlar uyushtirdik, vaziyatlar yaratdik. Bundan unumli foydalandik. Boshqa imkoniyatlarimizdan esa foydalana olmay qoldik.
Bugun baribir ochko yo‘qotdik, deb o‘ylayman. O‘yindan kelib chiqib xulosa qilsak, durang adolatli bo‘ldi.
Fikrlar