Hamma talashayotgan yulduz o‘ziga kutilmagan jamoani tanladi

  • 18 iyun, 2023, 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Brayton”ning ekvadorlik legioneri Moyzes Kasedo yuqori saviyadagi o‘yini bilan grand klublar nazarini o‘ziga qaratdi.

Ayni paytda 21 yoshli yarim himoyachini Evropaning qator etakchi klublari o‘z safiga qo‘shib olish uchun talashmoqda.

Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Kaysedo faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga qaror qilgan. Bu futbolchi Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Bavariya” kabi klublar chorloviga e’tibor qilmay, mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “aritokratlar”ni talagani kutilmagan holat bo‘ldi.

Kaysedoning “Brayton” bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Transfermarkt portali yosh futbolchini 55 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!