Hammasi hal! Bu futbolchi "Roma"da qoladi

  • 24 aprel, 2022, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham “Roma”da o‘tkazadi.

Tecno

Bu haqda “bo‘rilar” direktori Tiago Pinto o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bizning rejamizga ko‘ra, Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Hamkorlikni davom ettirish – bizning umumiy maqsadimiz”, – dedi Pinto DAZN ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Tomonlar ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi.

Mxitaryan bu mavsum rimliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!