
Hammasi hal! MYuga tez orada yangi murabbiy keladi
Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.
MYu yakshanba kunga qadar 52 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildi. Shu kuni "Ayaks" Niderlandiya kubogi finalida PSVga qarshi maydonga chiqadi.
"Qizil iblislar" oltin dubl uchun kurashayotgan Amsterdan klubiga nisbatan o‘z hurmatini namoyish etmoqchi. Ayni vaqtda bu ikki jamoa o‘rtasida munosabatlar yaxshi. Ikkala tomon ham do‘stona aloqalarni saqlab qolishni istaydi.
Qayd etish lozim, ten Xag uchun "Leyptsig" ham kurash olib borayotgandi. Biroq mankunianliklar hotirjam va ten Xag aynan ular bilan shartnoma imzolashiga ishonadi.
Fikrlar