
Hammasini pul hal qiladi. “Barsa” o‘ylagunicha, PSJ yulduzni ilib ketmoqchi
“Barselona” anchadan beri “Atletik”dan Niko Uilyamsni olish yo‘llarini qidirmoqda. Lekin kataloniyaliklar bu transferdan quruq qolishi mumkin.
PSJ rahbariyati Evropa chempionatini qahramoniga ko‘z tika boshladi va uni olish uchun strategik reja tuzib qo‘ydi.
Parijliklar 22 yoshli hujumkor futbolchiga kataloniyaliklar va’da qilayotgan maoshdan ikki baravar ko‘proq to‘lashini ma’lum qildi.
Sport.es saytining yozishicha, PSJning ispaniyalik bosh murabbiyi Luis Enrikening shaxsan o‘zi hamyurtini jamoasida ko‘rmoqchi. PSJ ayni paytda Uilyamsning atrofidagi transferga ta’sir o‘tkazili mumkin bo‘lgan insonlar bilan munosabat o‘rnatishga harakat qilmoqda.
“Barselona” rahbariyati esa, Niko Uilyams Kataloniyaga ko‘chib o‘tsa, Ispaniyadan tashqariga chiqamasligi va jamoada uning bir necha do‘sti o‘ynayotganiga ishonib, futbolchining Frantsiyaga ketmasligiga umid qilyapti.
Fikrlar