Hamyurtimiz chempionat bezagiga aylangan g‘alabani qo‘lga kiritdi (Video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki, Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yich ajahon chempionati davom etmoqda. Yunon-rum kurashchilarimiz bugun ijobiy natijalarni qayd eta olishdi.Aram Vardanyan chempionat finaliga yo‘l olgan bo‘lsa, Nurbek Hoshimbekov ertaga bronza uchun gilamga chiqadi. Bugungi dasturdan o‘rin olgan baxslardagi eng chiroyli, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon chempionati bezagiga aylanishi mumkin bo‘lgan g‘alabani yurtdoshimiz Nurbek Hoshimbekov qo‘lga kiritdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Quyida uning daniyalik Radjbek Bisultanov ustidan qay tarzda g‘alaba qozonganini e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!