Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatining jamoaviy dasturida bronza medallariga ega chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida yana bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Ayollar o‘rtasida jamoaviy sablya dasturida qatnashgan yurtdoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni berishdi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Musobaqada Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera hamda Ayakuz Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan 2024/2025-yilgi mavsum laureatlari ham taqdirlanishdi. Unda hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova shpaga dasturidagi eng yaxshi hakam deb topildi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!