
Hamzat Chimaev bilan jang qiladigan yangi raqib topildi
O‘rta vazn toifasidagi amerikalik Jared Kannonir(17-6) Hamzat Chimaev (13-0) bilan jang qilish istagini bildirdi.
“Ular Hamzatning, Hamzat ham o‘zining chempion bo‘lishini juda xohlaydi. Shuningdek, men ham kamar uchun kurashmoqchiman. Agar hozir yana titul olmoqchi bo‘lsam, navbatdagi raqib – Chimaev bilan albatta, jang qilaman”, – dedi Kannonir Jeyms Linchning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Kannonir o‘tgan yilning iyun oyida Marvin Vettorini mag‘lub etgandan beri oktagonda chiqmadi.
Fikrlar