
"Hane Cup-2021". "Lokomotiv" yoshlari rossiyalik tengqurlari darvozasini javobsiz 5 bor ishg‘ol etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida "Hane Cup-2021" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkentning "Lokomotiv" klubi futbol maktabining bir nechta yosh toifasidagi jamoalari ishtirok etmoqda.
Ushbu xalqaro turnirda bugun "Lokomotiv"ning 2010 yilda tug‘ilgan futbolchilari Rossiyaning "Skorpions" jamoasi bilan kuch sinashdi.
O‘yinda to‘liq ustunlikka erishgan toshkentliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga Abdulaziz Shukurov (dubl), Diyor Danaev, Muhammadsodiq Xoldorov hamda Ilhom Umarov mualliflik qildi.
Fikrlar