Haqiqiy iste’dod egasi mana shunaqa bo‘ladi!

  • 21 avgust, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buyuk Britaniyaning professional futbol assotsiatsiyasi – PFA “Chelsi” futbolchisi Koul Palmerni 2024 yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida e’tirof etdi.

Tecno

PFA – professional sportchilarni birlashtirgan dunyodagi eng qadimiy uyushma hisoblanadi. Ayni paytda bu tashkilotga 4000 nafardan ortiq sportchi a’zo bo‘lgan.

Koul Palmer o‘tgan mavsum oldidan “Manchester Siti”dan “Chedsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. “Aristokratlar” safida uning o‘yini ochilib ketdi.

22 yoshli futbolchi London klubi safida 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 25 ta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi.

“Chelsi” yangi chempionat oldidan iste’dodli futbolchi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yozigacha uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!