
Harri Keyn kelajagiga oydinlik kiritildi
“Tottenxem” rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa etakchisi Harri Keynga qanday taklif bo‘lishidan qat’i nazar uni qo‘yib yubormaslikka qaror qildi.
Hujumchining jamoadan ketish istagi va “Manchester Siti”ning 100 million funtlik taklifi ham klub xo‘jayini Daniel Levining fikrini o‘zgartira olgani yo‘q.
Endi Harri Keyn yana bir yil sabr qilishiga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar “Tottenxem” kelasi mavsum yakunida Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, o‘shanda Keynning transferini amalga oshirish uchun kichik imkoniyat vujudga kelishi mumkin ekan.
Mohir to‘purarning londonliklar bilan bitimi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Harri Keynga “shaharliklar”dan tashqari “Barselona” ham xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar