
Harri Keyn raqib jamoaga o‘tib ketmoqchi
Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” klubi to‘purari Harri Keyn anchadan beri boshqa jamoaga o‘tmoqchi bo‘lyapti.
Tajribali hujumchi “Tottenxem” safida nufuzli sovrinlarni qo‘lga kirita olmayotganidan norozi. Joze Mourino shogirdlari bu mavsumni quruq yakunlaydigan bo‘lib turibdi.
“Tottenxem” prezidenti Daniel Levi Keynga qimmat narx qo‘ygan va uni Angliyadan tashqariga sotishga rozi. Harri Keyn transferini faqat PSJ ko‘tara olishi aytilmoqda.
27 yoshli futbolchi esa, Angliyani tark etmoqchi emas. U o‘ziga qiziqish bildirayotgan Manchesterning ikki klubidan biriga o‘tmoqchi.
Harri Keyning londonliklar bilan hamkorligi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Hujumchi joriy mavsumda premer-ligada 29 ta uchrashuvda 19 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar