
Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi jang bir raund davom etdi
Hozirgina Rossiyaning Moskva shahrida “Shamo boxing” tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomida Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov profidagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. U rossiyalik Odiljon Sotqinov bilan to‘qnash keldi.
Jang bor yo‘g‘i bir raund davom etdi. Ushbu raund mobaynida to‘rt marotaba raqibini nokdaunga uchratgan Do‘smatov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi va muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.
Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov debyut jangini avvalgi yili Meksikada mezbon Xesus Servantesga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raunddayoq taslim etgandi.
Fikrlar