
Hasanboy Do‘smatov jangini jonli ravishda qanday tomosha qilish mumkin?
Rossiyada "Shamo Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan boks oqshomi tashkil etilmoqda. Ushbu kechada hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Jang kechasi Toshkent vaqti bilan soat 18:30 dan boshlab, Boets TV kanalida, 23.30 dan e’tiboran "Salita Promotions" youtube kanalida, 00:23 dan Match TV kanalida jonli translyatsiya qilinadi.
Hozir "Shamo Boxing" kompaniyasi youtube kanalida janglar translyatsiyasi boshlandi. Hasanboy Do‘smatov jangining tartib raqami hozircha ma’lum emas.
Fikrlar