Hasanboy Do‘smatov jarohat olib, bugun ringga chiqa olmaydi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa davom etmoqda. Bugun musobaqaning yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan edi.
Biroq bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) jarohat olgani bois bugun yarim final jangida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Do‘smatovning jarohati jiddiy emas. Qosh sohasiga kichik shikast etgani sababli murabbiylar kelajakdagi bahslarni va sportchimizning sog‘lig‘ini o‘ylab ringga chiqishga ruxsat berishmadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Do‘smatov yarim final doirasida qozog‘istonlik Oljas Bayniyazovga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Qolgan vazn toifalarida ringga chiqadigan qolgan 7 nafar bokschimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar