Hasanboy Do‘smatov "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

  • 3 iyul, 2020, 12:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi, deya ma’lum qilmoqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati.

Tecno

Tadbirda ishtirok etganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida ta’kidladi.

Marosimda ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan vakillari qatori 3 nafar sportchimiz ham “O‘zbekiston belgisi” bilan taqdirlandi.

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yo‘nalishida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Mazkur ko‘krak nishoniga yana bir necha sportchimiz, jumladan Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbaeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) ham sazovor bo‘ldi.

Manba: Olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
06/07/2020 12:22
Табриклаймиз, Хасанбой, ука! Унвонлар муборак бўлсин! Ота-онангга рахмат сени тарбиялаган.