
Hasanxon Baratov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang! (Video)
15 dekabr kuni Ekaterinburg shahrida “RCC 17” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang oqshomida MMA hamda professional kikboksing bo‘yicha janglar tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu kechada hamyurtimiz Hasanxon Baratov og‘ir vazn toifasida professional kikboksing bo‘yicha Rossiya vakili Sergey Veselkin bilan bahs yuritadi. Bugun ushbu jangdan avval vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sergey Veselkin (14-3) 113,10 kg chiqqan bo‘lsa, Hasanxon Baratov (9-3) 109,25 kg tosh bosdi.
Ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar