Hechdan ko‘ra kech! "Liverpul" Evradan uzr so‘radi

2011 yil "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi bahsda mersisaydliklar vakili Luis Suares raqib futbolchisi Patris Evraga nisbatan irqchilik munosabatida bo‘lgandi. Evra o‘sha voqealarni yodga olib:

"Uzoq munozaralardan so‘ng Suares aybini tan olgandi. U bir nechta uchrashuvlardan chetlatilgan va katta miqdorda jarima ham to‘lagandi. Yodimda, "Liverpul" keyingi bahslarda Suaresni qo‘llab-quvvatlab mahsus futbolkalarda maydonga tushishgan. O‘sha paytlarda bu klubni jinimdan battar yomon ko‘rar edim. 

Ammo yaqinda Jimi Karagger men bilan uchrashganda 8 yil avvalgi voqea uchun birdan uzr so‘rab qoldi. Bu qo‘pol xato edi, degandi u. Keyinroq "Liverpul" klubi vakillari men bilan bog‘lanib sodir bo‘lgan voqea uchun kechirim so‘rashdi. Endi mening mersisaydliklar klubiga bo‘lgan hurmatim qayta tiklandi", dedi Evra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!