Here we go! "Tottenxem"ning yana bir futbolchisi "Bavariya" bilan kelishuvga erishdi

  • 11 yanvar, 2024, 16:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" himoyachisi Erik Dayer "Bavariya" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, transfer narxi 4 million evroni tashkil etadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etardi. Klub va futbolchi shartnoma muddatini uzaytirmaslikka qaror qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Dayerning transferini Myunxen klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning shaxsan o‘zi istagan. Himoyachining bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!