
Hindiston U-23 termasi Toshkentdagi Osiyo chempionati saralashida 19 yoshli futbolchilar bilan ishtirok etadi
Unda O‘zbekiston, Hindiston va Tojikiston terma jamoalari qit’a birinchiligi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bahs olib borishadi. Hindiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Derrik Pereyra mazkur musobaqa ishtirok etadigan futbolchilar nomini ma’lum qildi.
E’tiborlisi, 56 yoshli mutaxassis 10 nafar 19 yoshli futbolchini va hattoki 16 yoshli futbolchilarni ham tarkibga jalb etdi.
Darvozabonlar: Diraj Singx, Prabxsuxan Jill, Merilend Navaz.
Himoyachilar: Narender, Nishu Kumar, Sartxak Goluy, Gaurav Bora, Mextab Singx, Anvar Ali, Asish Ray.
Yarim himoyachilar: Jerri Mavixmingtanga, Lalliantsuala Chxangte, Vinit Ray, Saxal Abdul, Amarjit Singx, Roxit Kumar, Anirudx Txapa, Komal Tatal, Raxul KP.
Hujumchilar: Liston Kolako, Daniel Lalxlimpuiya, Raxim Ali, Roxit Danu.
Ma’lumot uchun, ertaga poytaxtimizdagi "Paxtakor" markaziy stadionida har uchchala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar