Hojimat Erkinov o‘zining holati haqida gapirdi

  • 11 aprel, 2023, 15:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiyaning "Torpedo" klubi sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Hojimat Erkinov jarohat olib safdan chiqqandi.

Legionerimiz ayni vaqtda umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan. Bu haqda futbolchimizning o‘zi "Torpedo" klubi telegram kanalida ma’lum qildi: 

"Men haqimda qayg‘urmang. Men tiklandim va umumiy guruh mashg‘ulotlaridaman", - dedi 21 yoshli hujumchimiz. 

Qayd etish lozim, Moskva klubi ayni vaqtda RPL turnir jadvalida 13 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!