Hotamjon Boynazarovning Toshkentdagi jangi bekor qilindi

  • 23.09.2023 17:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 7 oktyabr kuni Toshkentda “Open 35” turniri tashkil etiladi. Ushbu jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz oktagonga ko‘tariladi. Ular orasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan, Xotamjon Boynazarov (7-0) ham yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida rossiyalik Danila Prikaza (16-4-2) bilan chempionlik kamari uchun jang qilishi kerak edi. Biroq, so‘ngi ma’lumotlarga qaraganda Boynazarovning jangi bekor qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Boynazarov so‘ngi jangini “UAE Warriors 44” turnirida o‘tkazib, unda turkiyalik Mixail Bayramni 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!