“Roma” bir muddat sardorsiz qoladi

  • 23.12.2022 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini Portugaliyadagi yig‘in davomida mahalliy “Kasa Pia” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.

26 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Lorentso raqib bilan to‘qnashuv oqibatida boldiridan shikastlangan.

Endi Pellegrini jarohatdan qutilish uchun bir necha kun davomida individual tarzda shug‘ullanadi va shu bilan birga tibbiy muolajani davom ettiradi.

“Roma” etakchisi yangi yildan keyin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi aytilmoqda.

Pellegrini joriy mavsumda jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va ettita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!