Rahbar hujumchining bozorini “o‘ldirdi”

  • 15 aprel, 2022, 04:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis Evropa grand klublari e’tiboriga tushgan hujumchi Viktor Osimxenni o‘z jamoasida olib qolish uchun eski usulini qo‘lladi. Italiyalik rahbar bu hujumchi uchun 100 million funt narx qo‘ydi.

Tecno

Aurelio avvalgi mavsumlarda qator klublardan taklif olgan va ketish istagini bildirgan himoyachi Kalidu Kulibaliga ham shu summani qo‘yib, uning “bozorini o‘ldirgandi”.

Osimxenga Angliya premer-ligasidan “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Nyukasl” og‘iz solayotgan edi. Tabiiyki, bu klublar har qancha baquvvat bo‘lmasin Osimxen darajasidagi futbolchini 100 million funtga sotib olmaydi.

23 yoshli nigeriyalik hujumchi A Seriya va Evropa ligasida jami 26 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!