"Humo" bosh murabbiyi bugungi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Samaraning TsSK VVS klubiga qarshi bahs olib bordi va overtaymda raqibidan 4:3 hisobida ustun keldi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Evgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"So‘nggi daqiqada shayba kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlarga echinish xonasida rahmat aytdim. Raqib juda kuchli o‘yin namoyish etdi. Ular yakkakurashlarda ko‘proq ustun kelishdi, tezroq harakat qilishdi. Bizda esa 6 xokkeychida salomatligi bilan bog‘liq muammosi bor edi.
Ikkinchi davrda esa zonalarni yopishdi, bizga biroz omad ham yordam berdi. Uchinchi davrda birinchi bo‘lib o‘z darvozamizdan shayba olib chiqqan bo‘lsakda, so‘nggi soniyalarga qadar kurashdik. Bu esa xokkeyda doim o‘z mevasini berib kelgan. Muhimi g‘alaba qozondik. Bugun arenaga ko‘plab muxlislar yig‘ildi va ular xokkeyda ko‘rish mumkin bo‘lgan barcha narsalarni guvohi bo‘lib, zavq olishdi.
Roman Smiryaginning ahvoli qanday? Men bugun o‘ynashga tayyorman degan har bir xokkeychiga imkoniyat beraman. Rossiya yoshlar terma jamoasida ishlaganimda Shvetsiyada Jahon chempionati bo‘lgan edi va yarim final oldidan Vitaliy Anikeenkoning tana harorati 38 gradusga etgan edi. U esa menga shvedlarga qarshi yarim finalda o‘ynash bir umrlik orzusi bo‘lganligini aytdi. Men esa uni muzga tashladim. Yakunda o‘sha bahsning eng yaxshi xokkeychisi bo‘ldi. Afsuski, u 2011 yil Yaroslavlning "Lokomotiv" jamoasi safida aviahalokatda vafot etdi. Sportda ba’zan shunaqasi ham bo‘ladi. Smiryagin ham bugun o‘ynadi va eng yaxshilardan biri bo‘ldi", - dedi Popixin.

Fikrlar