
"Humo" bosh murabbiyi: Yigitlar Toshkentni sevishadi, ular muxlislar uchun o‘ynashmoqda
Bugun VXL muntazam chempionatida navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Penzaning "Dizel"ini qabul qildi va 7:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida toshkentliklar ustozi Evgeniy Popixin ishtiorok etdi va OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
"Kecha o‘sha 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yininni qayta ko‘rib chiqqan edik. Men o‘zi umuman mag‘lub bo‘lishni yoqtirmayman. ayniqsa bundan hisob yurakda saqlanib qolinadi. Bizning darvozamidan joy olgan 7 ta golni alohida ko‘rib chiqdik.
O‘ylashimcha bugun barchasi yaxshib bo‘ldi va yigitlarda ham "nastroy" o‘zgacha edi. Birinchi davrda biroz qiynaldik, boisi safimizda sog‘lig‘idagi muammolarga qaramay muzga tushganlar bor edi va men ularga katta rahmat aytaman.
Jumladan ikki hafta o‘yin muzga tushmagan Artyom Voronin bugun safga qaytdi va bugun shunchaki dahshatli o‘yin ko‘rsatdi. Yigitlar Toshkentni sevishadi, ular Toshkent uchun, muxlislar uchun o‘ynashadi va borini berishadi. Shuning uchun ular sharaf va maqtovga loyiqlar. Barakalla shovvozlar!
Men har kuni ular bilan birgalikda ishlayman va jamoa a’zolari o‘z ustilarida ishlayotganliklariga guvoh bo‘laman. Bu esa meni quvontirmoqda. Biroq xali hamjihatlik yo‘q, javobgarlik yo‘q. Kattalar xokkeyida har bir ochko uchun kurash boradi. Yosh xokkeychilar Yoshlar ligasidagi bitta xatosi bitta ochkoni yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi, bu esa VXL va umuman boshqa daraja.
Jamoa oldida pley-offga chiqish vazifasi qo‘yilgan ekan, ular o‘zlarini kattalardek tutishi va mas’uliyatni xis etishlari zarur. Yoshingiz 17, 18 yoki 19 deb hisoblab yurmang. Masalan Lyoxa Cherepanov yuqori darajaga erishdi. U bidag terma jamoada birga ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman. U yulduz, 17 yoshdaligida JCh uchun tarkibga jalb etganman. U esa musobaqaning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan va All Stars'dan joy olgan. Men o‘shanda unga yuqori darajaga erishganini aytgan edim. U esa menga bunga allaqachon ko‘nikib qolganini aytgan edi. Men chapga ham, o‘nga ham uyalmaydigan shunday yigitlarni istayman. Yigitlar o‘z ustida ishlashda davom etishsa, albatta maksimal natijaga erishsa bo‘ladi.
Bugun biz kuchli raqibga qarshi o‘ynadik, hisobga qarang. Ularda bizning jamoadan farqli o‘laroq tajribalilar yig‘ilishgan. Shu bois jismoniy jihatdan kurashish xato bo‘lar edi va ko‘rganingizdek himoya va markazda yaxshi o‘ynash kerak edi. Qarshi hujumda esa tezkorlik talab etilar edi. Bizda jussasi kichik Pasha Sinyavskiy, Sasha Sherbina va Vanka Yatsenkolar hamda yosh yigitlar bor. Qisqa masofada o‘ynasak raqib shaybani tezda egallab olar edi va shu bois sabr qilib, qarshi hujumlarni poyladik.
Sherbina aslida yana 3 hafta davomida tiklanishi kerak edi. Ammo u har kuni oldimga kelib: "Aleksey Nikolaevich, o‘ynashni xohlayman", deydi va men uni tarkibga kiritaman. Sherbinada istak yuqori, asta-sekin formaga kirib boradi", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar