"Humo" ustozi: Xokkey ikkinchi darajaga tushib qoldi, yigitlarning oilasi Toshkentda qolgan

  • 17 mart, 2020, 12:35
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Humo" jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Zvezda"ga qarshi (0:4) uchinchi bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "qanotlilar" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin mag‘lubiyat sabablarini ochiqlab o‘tdi.

Tecno

"Zvezda"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib ikkinchi davrda bizdan ko‘ra yaxshi harakat qildi. Uchinchi davrda yaxshiroq o‘ynadik, ikki vaziyat yaratib unday foydalana olmadik. Kelgusi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz. 

Bahona emas, aksariyat yigitlarimning oilasi Toshkentda qolgan. Vaziyat og‘ir, ularning boshida hozir xokkey emas, boshqa narsa aylanmoqda. Bunday paytda xokkey ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Ular harakat qilishadi, lekin bu oson emas", - deya Popixinning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!