
"Humo" xokkeychisi Qozog‘iston chempionatida oyning eng yaxshi himoyachisi deb topildi
Qozog‘iston chempionatida ishtirok etayotgan "Humo" xokkey klubi ayni paytda 6-o‘rinda bormoqda.
Quvonarlisi, toshkentliklar vakili Aleksey Kirillov sentyabr oyining eng yaxshi himoyachisi deb topildi. U turnir rasmiy sahifasi tomonidan g‘olib deb topildi.
"Mudofaa vakili bu mavsumni odatdagidek boshladi, orqa chiziqdagi vazifasini uddalash bilan birga, hujumlarga ham yaxshi qo‘shildi. O‘tkazilgan 6 uchrashuvda Kirillov 5 ochko jamg‘ardi. Mazkur bellashuvlarning 3 tasida toshkentliklar g‘alaba qozondi.
Ayni paytda Aleksey hisobida 6 ball bor",-deya yozib qoldirdi tashkilot sayti.
Fikrlar