
Hurshidbek Normatovning raqibi ma’lum bo‘ldi
Yanvar oyida bir nechta professional bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Jumladan, Hurshidbek Normatov (9-9-0-0-3 KO) ham 28 yanvar kuni Kanadada ringga ko‘tariladi. Sports.uz saytining manbalariga ma’lum bo‘lishicha, uning raqibi meksikalik Uriel Ernandes (18-13-5-0-0-7 KO) bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz: Ushbu yurtdoshimiz DiBella Entertainment promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.
Fikrlar